Kapitalga ulush kiritish moliyaviy yordami koʻrsatish boʻyicha 2025 yilning 2- tanlov natijalari boʻyicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan
Joriy yilning 7 martdan 24 mart kuniga qadar Kompaniya tomonidan kichik va oʻrta tadbirkorlik subyektlariga Kapitalga ulush kiritish moliyaviy yordamini taqdim etish yuzasidan 2025 yilning ikkinchi ochiq tanlovi oʻtkazildi.
Bugungi kunda, Kompaniya tomonidan 2-tanlov asosida, 8 nafar tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim etilgan jami 123,5 mlrd soʻmlik loyihalardan, qiymati 5,0 mlrd soʻm boʻlgan 1 ta loyiha skoring tahlil natijasida tanlovning keyingi bosqichiga oʻtdi.
Ushbu loyihalar boʻyicha 4,0 mlrd soʻm miqdorida toʻgʻridan-toʻgʻri yordam taqdim etish va loyihalarning ishga tushirilishi hisobiga 30 ta ishchi oʻrni yaratish rejalashtirilgan.