/News/2025-yil 2-yarim yillik davomida to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyaviy yordamlar bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar
30.12.2025 - 20:35 6

2025-yil 2-yarim yillik davomida to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyaviy yordamlar bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar

2025-yil 2-yarim yillik davomida to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyaviy yordamlar bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar

Kompaniya tomonidan 2025-yil 2-yarim yillik davomida xizmatlar ipotekasi (lizing), xizmatlar ipotekasi (qarz) va kapitalga ulush kiritish yo‘nalishlari doirasida o‘tkazilgan doimiy ochiq tanlovda, jami 63 ta loyiha anketalari qabul qilindi. Shundan 42 tasi dastlabki skoring tahlilidan muvaffaqiyatli o‘tgan. Yakuniy bosqichda esa umumiy qiymati 355,4 mlrd so‘mni tashkil etuvchi 21 ta loyiha moliyalashtirilib, ularni qo‘llab-quvvatlash uchun Kompaniya tomonidan jami 71,4 mlrd so‘m miqdorida mablag‘lar ajratildi.

Jumladan, xizmatlar ipotekasi (lizing) yo‘nalishida moliyaviy yordam ko‘rsatish uchun 2-yarim yillikda doimiy ochiq tanlov doirasida jami 20 ta anketa-arizalar kelib tushgan bo‘lib, ulardan 15 tasi dastlabki skoring tahlilidan muvaffaqiyatli o‘tdi va keyingi bosqichlarga tavsiya etildi. 2025 yil 2-yarim yillikda dastlabki skoring tahlilidan o‘tgan loyihalar ichidan umumiy qiymati 111,8 mlrd so‘m bo‘lgan 4 ta loyiha moliyalashtirildi va ushbu maqsadlar uchun Kompaniya tomonidan 19,5 mlrd so‘m mablag‘ ajratildi.

Shuningdek, xizmatlar ipotekasi (qarz) moliyaviy yordami taqdim etish maqsadida doimiy ochiq tanlovda 32 ta loyiha anketasi qabul qilindi. Mazkur anketalarning 20 tasi dastlabki saralashdan o‘tib, yakunda umumiy qiymati 234,1 mlrd so‘mga teng bo‘lgan 16 ta loyiha moliyalashtirildi. Ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun yo‘naltirilgan mablag‘lar miqdori jami 49,2 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Kapitalga ulush kiritish moliyaviy yordami bo‘yicha 2-yarim yillik davomida jami 11 ta anketa kelib tushgan bo‘lib, ulardan 7 tasi skoring tahlilidan muvaffaqiyatli o‘tdi. Kompleks o‘rganib chiqish natijasida umumiy qiymati 9,5 mlrd so‘mni tashkil etuvchi 1 ta loyiha moliyalashtirildi va Kompaniya tomonidan ushbu loyihani amalga oshirish uchun 2,7 mlrd so‘m miqdorida mablag‘larni bosqichma-bosqich ustaviga ulush kiritish bo‘yicha shartnoma tuzildi.